🚀 2021-yil 11-fevral kuni Yoshlar akademiyasi “Shinsedae” yoshlar markazi va “Yaran Consulting” kompaniyasi bilan hamkorlikda “2020-yilgi 20 ta eng yaxshi startap” loyihalar tanlovi gʻoliblari uchun startap loyihalar akseleratsiyasi dasturiga start berildi.
❇️ 3 haftalik dastur doirasida ishtirokchilar:
🔸 Gʻoyani tanqidiy tahlil qilish;
🔸 Jamoa bilan ishlash;
🔸 Professional murabbiylar bilan ishlash;
🔸 Oʻzbekiston Respublikasi hududida uni amalga oshirish boʻyicha biznes-rejani ishlab chiqishga oʻrganadilar.
➡️ Dastur startap loyihani faol rivojlanishiga noyob yo‘nalishni ta’minlaydi, shuningdek, ishtirokchilar mutaxassislardan biznes tajribasini olish, mahsulotni intellektual mulk sifatida rasmiylashtirish hamda keng hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish borasida ham koʻnikmalarga ega boʻladi.