🤔 Siz qishloq xoʻjaligi sohasiga qiziqasizmi?
🤔 Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga ajratilgan yer maydoniga egamisiz?
🤔 Biroq u yerda oʻz innovatsion loyihangizni amalga oshirishga mablagʻ yetarli emasmi?
💡 Unda bizni tanlovimizda ishtirok eting va grant mablagʻini qoʻlga kiriting!
🌐 Hozirgi davrda yoshlarni bandligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ushbu masalaga katta eʼtibor qaratilmoqda.
➡️ Ushbu yoʻnalishda samarali tizim yoʻlga qoʻyilgan boʻlib yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida hududlarda yer maydonlari ajratish hamda oʻzlarining faoliyatlarini yuritish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
🗣 Shu munosabat bilan, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida startap
va innovatsion loyihalariga ega boʻlgan yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali bandligini taʼminlash maqsadida “Qishloq xoʻjaligida yoshlarning innovatsion loyihalari” tanlovini eʼlon qiladi.
✅ Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha loyihalar topshirilishi mumkin:
💠 Suv tejovchi texnologiyalarni qishloq xoʻjaligida ishlatish.
💠 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash boʻyicha innovatsion yechimlar.
💠 Samaradorligi yuqori boʻlgan oʻgʻitli mahsulotlardan foydalanish.
💠 Issiqxona faoliyatini tashkil etishning innovatsion usullari.
💠 Bogʻdorchilik, polizchilik yoʻnalishidagi soʻngi texnologiyalar.
💠 Yangi avlod koʻchatlarni yetishtirish, koʻpaytirish va ekish.
💠 Qishloq xoʻjaligiga oid boshqa yoʻnalishlar.
❗️ Tanlov shartlari:
🔸Tanlovda 40 yoshdan oshmagan boʻlishi lozim.
🔸 Imtiyozli shartlarda yer maydoniga ega boʻlishi lozim.
🔸 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.
⏳ Tanlov boʻyicha loyihalar qabul qilish joriy yilning 8-mart sanasidan 15-mart sanasiga qadar uzaytirildi.
📍 Kelib tushgan loyihalar ekspertlar tomonidan baholanadi va tanlab olinadi.
💰 Tanlov doirasida har bir loyiha uchun 50 mln soʻmgacha pul mablagʻlari ajratiladi.
🏆 Kelib tushgan loyihalar har hafta ekspertlar tomonidan baholanadi va eng yaxshi 25 tasi tanlab olinadi. Tanlov yakuni boʻyicha eng yaxshi 100 ta loyiha tanlab olinadi.
Ishtirokchilar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
- Jamoasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar mavjud boʻlsa)
- Yer maydoni ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat.
- Loyiha haqida taqdimot (10 ta slayddan oshmagan). Unda maqsadi, amalga oshirish usullari, moliyaviy va texnik koʻrsatkichlari, ajratilgan pul mablagʻini mazkur loyiha doirasida qanday innovatsion yechim uchun sarflanishini asoslash hamda kutilayotgan natija koʻrsatilishi lozim.
- Patent yoki sertifikat (agar mavjud boʻlsa).
- Loyihalarning respublikaning 13 ta hududi (Toshkent shahridan tashqari) kesimida qamroviga alohida eʼtibor qaratiladi.
📌 Tanlovda ishtirok etish uchun.
_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh