YUNESKOning “Yoshlar uchun Ipak yoʻli ilmiy-tadqiqot granti” tanlovida ishtirok eting

📣 Ushbu grant tashabbusi YUNESKO ishlari boʻyicha Xitoy Xalq Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladi.

✅ Tanlovning asosiy maqsadi Ipak yoʻlidagi umumiy merosni yanada chuqurroq oʻrganish uchun yosh tadqiqotchilarni safarbar etish va ragʻbatlantirishdan iborat.

🏆 Tanlov doirasida 12 ta ilmiy-tadqiqot uchun 10.000 AQSH dollari miqdorida grantlar ajratiladi.

➡️ Tadqiqotlar quyidagi masalalarga bagʻishlangan boʻlishi lozim:

🔹 Ipak yoʻlidagi umumiy meros va turli oʻziga xosliklari;

🔹 Umumiy merosning ichki xilma-xilligi;

🔹 Umumiy merosning zamonaviy jamiyatlardagi ijodkorlik, madaniyatlararo muloqot, ijtimoiy hamjihatlik, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikdagi salohiyati;

🔹 Barqaror tinchlik va rivojlanish.

❇️ Tanlov talablariga koʻra 35 yoshdan oshmagan tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin.

❇️ Taklif etilayotgan tadqiqot individual tadqiqotchi, tadqiqot guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan yoki hamkorlikdagi tadqiqot loyihasining bir qismi boʻlishi mumkin.

➡️ Nomzodlar ariza shaklida oʻz tadqiqotlari, usullari, kutilayotgan natijalari va mavjud grant loyihasiga qoʻshadigan hissasi haqidagi batafsil maʼlumot va takliflarini aks ettirishi lozim.

📝 Ariza shakli ingliz tilida toʻldirilib, 2021-yilning 18-aprel kuniga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

🌐 siIkroadsgrant@unesco.org

💠 Stipendiya sovrindorlari roʻyxati 2021-yilning iyun oyi oxirida eʼlon qilinadi.

❗️Barcha savollar boʻyicha quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:

🌐 silkroadsgrant@unesco.org.

📍 Batafsil ma’lumot uchun.

_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh