🗣 2021-yil 26-yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustuvor vazifalari muhokamasiga bagʻishlangan onlayn konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
🌐 Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining xotin-qizlar va yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash borasidagi faoliyati sarhisob qilindi.
➡️ Konferensiya doirasida ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar va taqdimotlar oʻtkazildi. Jumladan, Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev “Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojida yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash taktikasi va strategiyasi” mavzusida nutq soʻzladi.
🔹 Shuningdek, muhokamalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va partiyaning yoshlar va xotin-qizlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan Yoʻl xaritasi ishlab chiqildi.
_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh