🌐 2021-yil 8 yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va “KRANTAS GROUP” korxonalar guruhi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🔹 Memorandum mashinasozlik sohasida yangi konstruktorlik ishlanmalarini yaratish va mavjud ishlanmalarni modernizatsiya qilish maqsadida imzolandi.
⚡️Hamkorlikning asosiy maqsadi mashinasozlik sohasini rivojlantirish, jahon talabiga javob beradigan yangi konstruktorlik ishlanmalarni yaratish.
🔸 Mazkur memorandum doirasida Yoshlar akademiyasi hamda “KRANTAS GROUP” hamkorlikda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan sohalar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlar tashkil etadi.
📌 “KRANTAS Group” Oʻzbekistonda sanoat va qurilish sektorining turli sohalari uchun maxsus texnikalarni ishlab chiqaruvchi, shuningdek, boshqa taʼminotchilarning mahsulotlariga yordam koʻrsatuvchi xususiy servis xizmatlariga ega yirik korxona.
_____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh