🌐 2021-yil 6-yanvar kuni Davlat boshqaruv akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasi hamda “Yoshlar forumi”da belgilab berilgan vazifalar yuzasidan yoshlar tarbiyasiga masʼul oʻrta boʻgʻin rahbarlarining bilim va malakalarini oshirish maqsadida oʻquv-seminari vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari ishtirokida oʻquv-seminar tashkil etildi.
👤 Mazkur oʻquv-seminar doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev hozirgi kunda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan yurtimizning iqtidorli yoshlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida nutq soʻzladi.
➡️ Jumladan:
🔹 “Uchinchi Renessans yoshlar nigohida” tanlovi;
🔹 4 fan yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori Xirsh indeksiga ega 40 yoshgacha boʻlgan olimlarga pul mukofoti berish;
🔹Yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalari tanlov;
🔹 yosh olimlarni qisqa va uzoq muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish;
🔹 yurtimizning hududlarida tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparklari;
🔹 “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni va b.q.
➡️ Seminar yakunida Olimjon Toʻychiyev ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berib, Innovatsion rivojlanish vazirligi yurtimizning yosh tadqiqotchilari va tashabbuskor yoshlarini taʼlim va ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ularni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish masalalari yuzasidan doimo hamkorlikka tayyorligini taʼkidlab oʻtdi.
_____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh