🗣 “Ilm va taʼlimning qadriga yetib, davlatimizda ilm va taʼlim oʻrganish bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz!” — Sh.M. Mirziyoyev.
☑️ Davlatimiz rahbari tomonidan “Uchinchi Renessans”ning poydevori aynan yoshlar boʻlishini taʼkidlanganlari ham bejiz emas.
⭐️ “Uchinchi Renessans”nign ilk asoslarini yaratish maqsadida 2021 yil aynan “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash yili”dan boshlab har yili oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Uchinchi renessans — yoshlar nigohida” loyihalar tanlovi tashkil etiladi.
⚡️Ushbu tanlov har yili 2 marotaba 4 bosqichda boʻlib oʻtadi:
✅ Fakultetlararo;
✅ Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida;
✅ Hududlar oʻrtasida;
✅ Yakuniy respublika bosqichi.
🟡 Talabalar tanlovda ishtirok etishlari uchun quyidagi uch yoʻnalishda oʻzlarining innovatsion loyihalarini topshirishlari mumkin:
✔️ Ajdodlar merosini oʻrganish va targʻib etishda innovatsion yondashuvlar;
✔️Oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning shaxsiy motivatsiyasi (manfaatdorligi)ni oshirish uchun oʻquv jarayoni va metodikasini oʻzgartirish yoʻllari;
✔️ Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirishning noanʼanaviy usullari.
🏆Tanlov yakunlari boʻyicha gʻoliblarga 50 mln soʻm miqdorida mukofot pullari taqdim etiladi.
https://www.youtube.com/watch?v=Knfr39ThEeQ&t=21s