📣 4-yanvar – Butunjahon Brayl alifbosi kuni!

🌐 2018-yil 17-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan 4-yanvar mashhur tiflopedagog Lui Braylning tavallud sanasi “Xalqaro Brayl alifbosi kuni” deb e’lon qilingan.

💡 Brayl alifbosi-boʻrtiq nuqtalarga asoslangan maxsus alifbo boʻlib, koʻzi ojiz insonlarning savod chiqarishi uchun 1824-yilda fransuz tiflopedagogi Lui Brayl tomonidan yaratilgan.

➡️ Hozirgi vaqtda butun dunyo boʻylab yuzlab startapchilar arzon Brayl displeyini ishlab chiqarishga yoʻlga qoʻyish ustida harakat olib bormoqda.

🚀 Dunyo startapchilar bilan bir qatorda Yoshlar akademiyasi a’zosi Zoirov Oʻlmas tomonidan ishlab chiqilayotgan “Brayl displeyi” oʻzining qulayligi, innovatsionligi hamda analoglariga nisbatan narxining arzonligi bilan ajralib turadi.

⚡️ Shuningdek ushbu loyihaning afzalligi displey orqali video va grafik hujjatlar bilan ishlash imkoniyati mavjud.

https://www.youtube.com/watch?v=qfZcKSlDwJ8
_____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh