🗣 Xabaringiz bor 18-21-dekabr kunlari “Toshkent yoshlar forumi – 2020” boʻlib oʻtmoqda.
🌐 Mazkur forum doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev:
🔹 mamlakatimizda ilm-fan va innovatsiya sohasida berilgan imkoniyatlar;
🔹 ushbu sohaga joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar natijasida boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlar;
🔹 sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 ilm-fan va innovatsiyalar sohasi taraqqiyotining 10 yillik istiqbollari;
🔹 iqtidorli yoshlar va yosh olimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida forum ishtirokchilariga ma’lumot berdi.
➡️ Shuningdek, Yoshlar akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar borasida muloqot boʻlib oʻtdi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh