📣 Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi hamda Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻtkazilayotgan “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni ikkinchi mavsumining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
🚀 Yopilish marosimida marafon ishtirokchilarining marafon davrida oʻrgangan koʻnikmalari asosida ishlab chiqqan 27 ta loyihalarining prototiplari namoyishi va taqdimoti oʻtkazildi.
🏆 Hakamlar tomonidan eng yaxshi loyihalar tanlab olinib, gʻolib va boshqa jamoalarga pul mukofotlari, sertifikat hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
_____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh