Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

🌐 Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Professional armiyaning rivojlanishida raqamli iqtisodiyot va intellektual tizimlarning oʻrni” mavzusidagi ilmiy-uslubiy konferensiya boʻlib oʻtdi.

➡️ Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov hamda Innovatsion rivojlanish vazir oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev mazkur konferensiya doirasida tashkil etilgan yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar koʻrgazmasida ishtirok etdi.

🔹 Koʻrgazmadagi istiqbolli loyihalar “Technoways” texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etish uchun taklif qilindi.

_____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh