🗣 Yoshlar akademiyasi “Elsevier Academy” bilan hamkorlik qiladi.

🌐 2020 yilning 19-noyabr kuni Elsevier kompaniyasining Ilmiy-tadqiqotlar yo’nalishi rahbari Dmitriy Sultanov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

🔹 O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar uchun xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalar yozishning oʻziga xos jihatlarini batafsil tushuntirish, yuqori reytingli nufuzli jurnallarda chop etiladigan maqolalarni tayyorlash boʻyicha mahorat darslari va tavsiyalar berish maqsadida “Elsevier Academy” tomonidan seminar-trening va vebinarlar tashkil etiladi va nufuzli xalqaro ilmiy axborotlar manbasidan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar sohasida samaradorlikni oshirish imkoni beriladi.

📌 Maʼlumot uchun, Elsevier bugungi kunda dunyodagi eng katta ilmiy maʼlumotlar bazasi hisoblanadi. Tashkilotning maqsadi jahonda ilm-fanni rivojlantirishdan iborat boʻlib, u 5 mingdan ortiq nashriyot va 23 ming ilmiy jurnalni birlashtiradi va dunyoning 7 milliondan ziyod tadqiqotchilari ulardan foydalanadi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh