Andijon mashinasozlik institutida yoshlar ishlanmalari ko’rgazmasi tashkil etildi

🗣 Ayni damda Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Olimjon To’ychiyev, Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i Firdavs Nematzoda hamda Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy amaliy markazi direktori o’rinbosari Akbarxon Sobirxonov Andijon mashinasozlik institutida yoshlar ishlanmalari ko’rgazmasida ishtirok etmoqda.

➡️ Mazkur ko’rgazmada Andijon viloyati olimlari hamda iqtidorli yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan amaliy va innovatsion loyihalari bilan
tanishilmoqda

🔹 Ushbu tadbirdagi eng yaxshi loyihalar “Technoways” texnologik marafoni hamda kelgusidagi startap tanlovlarida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi

______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh