📣 Yoshlar akademiyasi hamda Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻrta hamda oliy taʼlim muassasalaridan ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni saralab olib, 20 kun davomida:
🔹 Robototexnika, Mexatronika
🔹 WEB DEV,
🔹 3D prototiplashtirish
🔹 Internet jihozlari
🔹 Marketing
🔹 IT
🔹 Game develop
🔹 Dasturlash (AKT)
🔹 Oziq-ovqat sanoati
🔹 Biotexnologiya
🔹 VR/AR
🔹 Qurilish materiallari
🔹 Muqobil energiya
🔹 Mashinasozlik, yoʻnalishlari boʻyicha va markazga tegishli boʻlgan 6 ta zamonaviy laboratoriyaning texnik imkoniyatlaridan foydalanib mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga barcha bilim va koʻnikmalar onlayn hamda amaliy tarzda beriladi.
🚀 “TechnoWays” marafonining asosiy afzalliklaridan yana biri shundaki, gʻoyasi yoʻq lekin, yangilik yaratishga qiziquvchan yoshlarga gʻoya yaratish oʻrgatiladi, qolaversa gʻoya bilan kelib uni qanday amaliyotga tatbiq qilishni bilmayotgan yoshlarga, ularning gʻoyalarini tayyor prototipga olib kelish oʻrgatiladi, tayyor prototipga olib kelingan loyihalarni esa amalga oshirishga tayyorgarlik oʻrgatiladi va yordam beriladi.
✅ Ixtirochi yoshlar uchun chegara qoʻyilmagan va xar qanday shakldagi loyihalar qabul qilinadi.
❗️ “TechnoWays” marafonining birinchi mavsumi oʻz samarasini yaxshi ifoda etganligi tufayli, “TechnoWays” marafonining ikkinchi mavsumini respublikaning 4 hududida Andijon, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati hamda Toshkent shahrida oʻtkazish rejalashtirilmoqda
🗓 Marafon 20 kun davomida oʻtkaziladi.
📌 Marafonda ishtirokchilar jamoa sifatida qatnashib, mentorlar bilan birgalikda oʻz loyihalarini amaliyotga joriy qilish ustida ish olib boradilar.
🏆 Marafon soʻngida eng yaxshi loyihalar Yoshlar akademiyasi tomonidan bir martalik ragʻbatlantirish koʻzda tutilgan.
📍 Marafonda turli sohalar boʻyicha seminarlar tashkil etilib boriladi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh