DASTLABKI QADAMNI BUGUNDAN BOSHLANG!

📣 Innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash boʻyicha bilimlarni oshirish, shuningdek loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “TECHNOWAYS” texnologik rivojlanish marafonining II mavsumi start olganini maʼlum qilamiz.

📝 Marafonda ishtirok etish uchun www.technoways.uz saytida roʻyxatdan oʻting.
⏳ Roʻyxatdan oʻtish 20-noyabrga qadar davom etadi.

🤔 Sizda innovatsion gʻoya, loyiha yoki tayyor ishlanma bormi? Siz bu orqali oʻz biznesingizni boshlash istagidamisiz? U holda imkoniyatni qoʻldan boy bermang. “TECHNOWAYS” texnologik rivojlanish marafoni sizning gʻoya va ishlanmalaringizni biznesga aylantirishda koʻmak beradi.

❗️ Innovatsion faoliyatda muvaffaqiyat qozonish uchun uni qachon? qayerda? va qanday? boshlash muhim emas. Eng asosiysi dastlabki qadamni qoʻyishdir. DASTLABKI QADAMNI BUGUNDAN BOSHLANG!

https://www.youtube.com/watch?v=jL_N7iyPTvM

______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh