YA

Loyihalarni boshlangʻich moliyalashtirish (seed funding)

Loyihalarni boshlangʻich moliyalashtirish (seed funding)

✅ Innovatsion loyihalarni izlab topish va amaliyotga tatbiq etishga koʻmaklashish, yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali ularni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish hamda yoshlarning hozirda mavjud boʻlgan daxldorligini oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan loyihalarni boshlangʻich moliyalashtiriladi.

➡️ Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan boshlangʻich moliyalashtirishdan foydalanish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

🔹 Yoshlar akademiya aʼzolari boʻlishlari lozim;

🔹 talabgorlarning yoshi 40 yoshdan oshmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega shaxslar boʻlishi lozim;

🔹 loyiha jamoasi aʼzolari kamida ikki nafardan besh nafargacha boʻlishi, qatʼiy maqsadga ega, natijaga yoʻnaltirilgan va jadal ishlashga tayyor jamoaga ega boʻlishi lozim

➡️ Yuqoridagi talablarga javob bergan jamoalarning loyihalarini dastlabki namunasini (prototip) yaratish uchun chizma yoki dasturiy taʼminot shaklidagi taqdimoti va pasporti taqdim etilishi lozim.