“InnoWeek.uz” ilk bor “onlayn” platforma orqali oʻtkaziladi.

🗣 Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 3-8-noyabr kunlari oʻtkaziladigan “InnoWeek.uz” Innovatsion gʻoyalar haftaligi ilk bor “onlayn” platforma orqali oʻtkaziladi.

❗️ Innovatsion gʻoyalar haftaligida 30 dan ziyod mamlakat, nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniyalar vakillari, Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, AQSH va boshqa mamlakatlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirok etadi.

➡️ “InnoWeek.uz-2020” Innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida:
🔹 Xalqaro innovatsion-investitsion forum;
🔹 Xalqaro innovatsion koʻrgazma;
🔹 Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa;
🔹 Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM) bilan hamkorlikda mintaqaviy seminar;
🔹 Xalqaro yoshlar innovatsion forumi;
🔹 Yevropa Ittifoqining “Yevropa ufqlari” ekspertlari ishtirokida vebinar;
🔹 “Ishlanmalar banki” platformasi taqdimoti;
🔹 “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
🔹 “Ilm-fan va taraqqiyot” mavzusidagi eng yaxshi publitsistik maqolalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 Mazkur haftalikda ishtirok etish uchun InnoWeek.uz onlayn platformasiga kirish kifoya.

📍 Xalqaro innovatsion koʻrgazmaning “onlayn” platformasida mamlakatimiz va dunyoda yaratilayotgan ilgʻor ishlanmalar bilan tanishish imkoniga ega boʻlasiz.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh