🗣 O’zbekistonning Bryusseldagi elchixonasi va Yoshlar akademiyasi “Elsevier” axborot tahliliy kompaniyasi bilan online konferensiya tashkil etdi.

☑️ O’tkazilgan konferensiya prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan Yosh olimlarni mukofotlash bo’yicha o’zbekistonlik yosh olimlar to’g’risida ma’lumot olish maqsadida tashkil etildi.

➡️ Mazkur uchrashuvda O’zbekistonning Belgiyadagi elchisi Xakimov Dilyor Zafarovich, Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Olimjon To’ychiyev hamda “Elsevier” axborot tahliliy kompaniyasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

☑️ Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda 2020-yil uchun ustuvor yo’nalish bo’lgan sohalardan tashqari qolgan sohalarda ham hamkorlikni rivojlantirishga kelishildi.

❗️ Eslatib o’tamiz Prezidentimizning tashabbuslari bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan matematika, kimyo, biologiya va geologiya yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida 2020-yil yakuni boʻyicha Scopus xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasi boʻyicha eng yuqori «Xirsh indeksi»ga erishgan 40 yoshgacha boʻlgan olimlarga bir martalik toʻlanadigan 100 mln soʻm miqdorida mukofot berilishi rejalashtirilgan.

______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh