🌐 WIF-2020 Xalqaro yoshlar innovatsion forumiga start berildi.

Mazkur forumni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda WIF prezidenti Muxammad Muxitdinov ochib berdi.

➡️ Mazkur forumning 1-kunida spikerlar tomonidan quyidagi mavzular bo’yicha so’z yuritildi:
🔹 Yoshlar va innovatsiyalar rivojlanishning haydovchi kuchi sifatida;
🔹 Yoshlarning ilg’or tajribalari va barqaror rivojlanishga hissa qo’shadigan innovatsion dasturlar almashinuvi;
🔹 WIF innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash vositasi sifatida. g’oyadan tayyor mahsulotgacha;
🔹 Barqaror iqtisodiy rivojlanishga hissa sifatida yoshlarga sarmoyalar. Innovatsiyalarda uch karra spiral modeli: hukumat, universitet, biznes;
🔹 Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga hissa qo’shadigan yoshlar dasturlarini yaratish bo’yicha Rossiya tajribasi;
🔹 Kelajakni modellashtirish;
🔹 Iqtisodiyotni raqamlashtirish;
🔹 Aholini o’simlik manbalaridan oziq-ovqat bilan ta’minlashning ilg’or texnologiyalari;
🔹 Axborot texnologiyalari sanoatining rivojlanishi;
🔹Markaziy Osiyoda investitsiyalar uchun istiqbolli yo’nalishlar;
🔹 Ijtimoiy innovatsiyalar.

➡️ Forumda ishtirok etganlar tomonidan Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Olimjon To’ychiyev tomonidan fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish to’g’risida so’zlagan nutqi alohida e’tirof etildi.
🔸 Xususan, hozirgi vaqtdagi transformatsion iqtisodiyotga ega bo’lgan ko’plab mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi institutsional tuzilishi, davlat va xususiy sektor o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimida siljishlar kuzatilayotgani, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash hamda uning barqaror rivojlanishi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va ishbilarmon doiralarning sa’y-harakatlarini birlashtirmasdan imkonsizdir. Ko’pgina mamlakatlarda davlat va xususiy sheriklik hukumat va tadbirkorlik o’rtasidagi hamkorlikning eng keng tarqalgan shakliga aylanib bormoqda, chunki u ko’pincha menejmentning an’anaviy yondashuvlariga qaraganda ancha tejamli xizmatlar va yechimlarni topadi deb Olimjon To’ychiyev o’z nutqida ta’kidlab o’tdi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh