Eng yirik tadqiqot dasturida ishtirok etish shartlari bilan tanishing!

InnoWeek.uz Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida joriy yilning 5-7-noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining Horizon Europe dasturi bilan hamkorlikda vebinar tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida “Yevropa Ittifoqining Fan va innovatsiyalarga investitsiyalar boʻyicha Horizon Europe doiraviy dasturida ishtirok etish” mavzusida vebinar oʻtkazishni rejalashtirgan.

Yevropa Ittifoqi tadqiqotlari, innovatsiyalari va investitsiyalari boʻyicha mazkur dastur dunyodagi eng yirik tadqiqot dasturi boʻlib, 2021-2027-yillardagi umumiy byudjeti 100 milliard yevroni tashkil etadi. Dastur doirasida 2020-yil oxirida sogʻliqni saqlash va tibbiyot, atrof-muhit, iqlim, energetika, AKT, kosmik, transport, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat, ijtimoiy va gumanitar fanlarda tadqiqotlar boʻyicha tanlovlar eʼlon qilinadi.

Vebinarning asosiy yoʻnalishi — Oʻzbekiston ilmiy jamoatchiligini Horizon Europe dasturi bilan ishlash qoidalari bilan tanishtirish, musobaqalar va tadbirlarda ishtirok etish, sheriklar topish, tanlov arizalarini yozish va Dasturning tegishli saytlarida roʻyxatdan oʻtishni oʻrgatishdir.

Shuningdek, vebinarga qoʻshimcha ravishda “Texnologik tadbirkorlik va startaplar yaratish” mavzusida maʼruza boʻlib oʻtadi.

Taklif etilgan murabbiylar va mutaxassislar:

Kamila Magziyeva (Qozogʻiston Respublikasi) — Yevropa Ittifoqining “Gorizont-2020” tadqiqotlari va innovatsiyalarining Qozogʻistondagi Dasturining milliy koordinatori (H2020-NCP-kZ), Qozogʻistondagi “Gorizont-2020” dasturining tayanch tashkilotining direktori — Mustaqil Ekspert Konsultativ Kengashi Qozogʻistondagi tadqiqotlar, InExCB-KZ.

Sergey Makarov (Rossiya Federatsiyasi) — Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining maslahatchisi, CRDF Global mutaxassisi va “Uralkim Innovation” kompaniyasining texnologik skauting boʻyicha direktori.