🌐 Joriy yilning 27-oktyabr kuni prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Uchinchi Renessans” g’oyasi hamda yoshlar kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan Farmon loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan online yoshlar konferensiyasi tashkil etildi.
🔹 Ushbu uchrashuvda Yoshlar akademiyasi a’zolari, “I Future”, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar parlamenti xodimlari ishtirok etib, hozirgi kunda yoshlarni yuksak bilim-maʼrifat egalari bo’lib yetishishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlari to’g’risida fikrlar bildirildi.
🔹 Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan “Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi bo’yicha bir qator asosli takliflar bildirilib, yoshlarni qo’llab – quvvatlash borasida nafaqat iqtidorli yoshlarni balki barcha yoshlarni teng darajada qo’llab-quvvatlash bo’yicha maqsadli loyihalar amalga oshirilishi ahamiyati yuqoriligi ta’kidlandi.
💡 Farmon loyihasida:
➡️ 2021-yilda 500 nafar yoshlarni raqamli texnologiyalar, biologiya, genetika kabi yoʻnalishlar boʻyicha 3–6 oylik xorijiy stajirovkaga yuborish;
➡️ 2020-yilda va 2021-yilda 43 ta, 2022-yil yakuniga qadar 38 ta samaradorligi yuqori boʻlgan yangi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish;
➡️ ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun xususiy sektor va ishlab chiqarish tarmoqlari bilan teng moliyalashtirish tizimiga oʻtish Innovatsion rivojlanish vazirligining qoʻshimcha vazifalari etib belgilangan.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh