Doktorantlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

📣 Joriy yilning 22-oktyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev hamda Toshkent farmatsevtika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Nodirali Normaxamatov institutning doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

🔸 Uchrashuvda izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanishida yuzaga kelayotgan mavjud muammolari, ularning dissertatsiyalari himoyalarini oʻz vaqtida bajarilishi masalalari muhokama qilindi.

➡️ Olimjon Toʻychiyev joriy yilning 20-oktyabr kuni doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul jarayonlari yakunlangani, va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim faoliyati bilan shugʻullanuvchi OTM va ilmiy tashkilotlarga phd.mininnovation.uz yagona elektron tizimi orqali jami 588 nafar talabgordan hujjat kelib tushgani haqida maʼlumot berdi. Xususan, Toshkent farmatsevtika institutida doktoranturada tahsil olish uchun 18 nafar talabgor murojaat etgan. 2021-yil uchun Toshkent farmatsevtika institutiga jami 8 nafar qabul kvotasi ajratilgan boʻlib, shundan tayanch doktoranturaga 6 nafar, doktoranturaga 2 nafar joy berilgan.

➡️ Soʻnggi 3 yil (2017-2019-yillar) ichida Toshkent farmatsevtika instituti tomonida jami 7 nafari fan doktori (DSc) va 29 nafar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan. 2020-yilda 22 ta maqola Scopus jurnalida chop etildi. Maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari 650 tadan 700 dan ortgan. 2020-yilda xalqaro jurnallarda 61 ta, respublika jurnallarida 93 ta maqolalar chop etildi.
______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh