Oʻzbek tilim – mening faxrim, gʻururim!

📣 Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”da “Til-millat koʻzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

🖌 Shuni taʼkidlash kerakki, oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yoʻlidagi muhim qadamlaridan biri boʻlgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda boʻlgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim oʻzgarishlar yuz berdi.
🖌 Oʻzbek tilining xalqaro miqyosda obroʻsi oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor goʻzalligi va jozibasini toʻla namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.

https://youtu.be/AjrHOJlhuis

_____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh