📣 Robototexnika boʻyicha xalqaro onlayn musobaqada ishtirok eting!

🌐 Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “InnoWeek” haftaligi doirasida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan Robotics Challenge IRC musobaqasining bellashuvlari 2020-yilning 3-8-noyabr kunlari onlayn boʻlib oʻtadi.

🔹 Musobaqa doirasida turli xil yoʻnalishlarda innovatsion loyihalar taqdimoti, treninglar, xalqaro robototexnika musobaqalari boʻlib oʻtadi.

📝 Arizalari www.robochallenge.uz rasmiy sayti orqali qabul qilinadi.

❗️ International Robotics Challenge IRC 4 yo’nalishda oʻtkaziladi:

🤖 Falakdan narvon — Stairway from Heaven (8-12 yosh)

🤖 Moʻri — Chimney (13-16 yosh)

🤖 Kelajakni qurish — Build the Future (8-14 yosh), (14-30 yosh)

🤖 Robotlar olamiga sayohat — Journey to the world of robotics

✅ Ishtirok etish istagidagi talabgorlar musobaqa yo’nalishlarini tanlashlari lozim.

🔹 Bizga qo’shiling, bellashing va g’olib bo’ling!
____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh