🗣 Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorlikda “Doktorant va tayanch doktorantlarning dissertatsiya ishining tayyorgarlik holati, himoya jarayonlari, tadqiqotni olib borishda uchrayotgan muammolar, ularning yechimi” mavzusida onlayn seminar tashkil etdi.
🔹 Seminarda Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari O.To’ychiyev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori t.f.d., prof. K.Sharipov, “Taʼlim va sogʻliqni saqlashga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish” boshqarmasi boshlig’i B.Xudanov , “Fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish” boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari A.Norov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor i.f.d., professor K. Axmedjanov, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar b’limi boshlig’i PhD S. Mirzaliyev, bo’lim xodimlari hamda tayanch doktorantlar ishtirok etdilar.
🔹 Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad – universitet doktorant va tayanch doktorantlarning himoya jarayoningda uchrayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etish hamda himoya jarayonlarini jadallashtirishga qaratildi.
📄 Tadbir davomida universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini samaradorligi yuzasidan qisqacha hisobot berildi:
✅ Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor K. Axmedjanov universitetda tahsil olayotgan 3-kurs tayanch doktorantlarning dissertatsiya ishining tayyorgarlik holati bo’yicha axborot berdi. Xususan, universitetda 2020-yil boshiga 32 nafar tayanch doktorantlar tahsil olmoqda:
➡️ Ulardan 2 nafari muddatidan oldin himoya qilgan;
➡️ 4 nafari dissertatsiya ishini Kengashga topshirgan;
➡️ 4 nafari kafedralararo ilmiy seminardan o’tishgan va bugungi kunga kelib, Ilmiy kengashga Hujjatlarni topshirish jarayonida;
➡️ 11 nafari dissertatsiya ishini yozib tugatgan hamda hozirgi kunda ilmiy taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi bo’yicha ish olib borishmoqda;
➡️ 11 nafar doktorantlar dissertatsiya ishini yakunlash arafasida boʻlib, ularning aksariyat qismi dissertatsiya ishini 90-95 foizga tugallangan.
✅ Suhbat yakunida doktorant va tayanch doktorantlarga qulay sharoitlar yaratib berish, dissertatsiya ishini yozishda mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etishni, ilmiy natijalarni real sektor tarmoqlariga joriy etish orqali respublika iqtisodiyotini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalarni hal etishga xizmat qilish maqsadida ushbu mavzudagi onlayn seminarni har chorakda o’tkazilishi kelishildi.
_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh