🗣 O’zbekistonda “AIM Startups Virtual Pitch Competition” tanlovining milliy saralash bosqichida ishtirok eting!

📣📣 Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazi va Islom taraqqiyot banki (Islamic Development Bank Group, Birlashgan Arab Amirliklari) O’zbekistonda “AIM Startups Virtual Pitch Competition” tanlovining milliy saralash bosqichini o’tkazadi.

💡 AIM Startups Virtual Pitch Competition– bu bozorni kengaytirish va unga kirish uchun katta imkoniyatlarga ega startaplarni aniqlash uchun tashkil etilgan bir qator tadbirlar. Tanlov ishtirokchilariga o’zlarining loyihalarini xalqaro darajada namoyish etishlari uchun imkoniyat yaratiladi.

⚡️ Mazkur tadbirlar 100 dan ortiq mamlakatda o’tkazilmoqda. Har bir mamlakatning milliy saralash bosqichining bittadan g’olibi “AIM 2020 Global Startups Champions League” finalida ishtirok etadi.

💰Eng yaxshi startaplar bosh sovrin — 50 000 ming AQSH dollari oladi.

📍 Koronavirus bilan bog’liq pandemiyani inobatga olib, tanlov onlayn formatda oʻtkaziladi.

✨ Tadbirda ishtirok etadigan startaplarga talablar:

🔸Jamoada 50 nafardan kam xodim;
🔸 Biznesda kamida 2-7 yillik faoliyat;
🔸 Biznesning boshlang’ich yoki o’sish bosqichida bo’lish.

➡️ Yoʻnalishlar:

🔸Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari
🔸Sunʼiy intellekt
🔸Taʼlim texnologiyalari
🔸Moliya texnologiyalari
🔸Sogʻliq uchun texnologiyalar
🔸Logistika
🔸AT va AKT
🔸Buyumlar interneti
🔸Chakana savdo texnologiyalari
🔸 Energetika
🔸Virtual reallik va oʻyinlar
🔸Transport.

❗️Arizalar 24-sentyabrgacha qabul qilinadi

📝 Roʻyxatdan o’tish.
_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh

Telegram  | Facebook  | Instagram | YouTube