TECHNOWAYS – texnologik marafoni.

🚀 Oʻquvchi, talabalar, tadqiqotchilar hamda ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash boʻyicha bilimlarni oshirish, shuningdek loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida oʻtkaziladigan TECHNOWAYS texnologik rivojlanish marafoniga taklif qilamiz.

📝 Marafon dasturi:

🔹 Seminar treninglar. 1-3 kunlar

➡️ Ishtirokchilarga innovatsiya, innovatsion faoliyat, startaplar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar beriladi. Startaplar qanday qilib muvaffaqiyat qozonish sirlari oʻrgatiladi.

🔹 Loyihalarni yaratish. 4-10 kunlar

➡️ Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati, laboratoriyalari, startap loyihalar, 3D prototiplashtirish, IOT, Tijoratlashtirish, dasturlash boʻyicha seminar treninglar oʻtkaziladi. Talabalar jamoalarga boʻlinib, har bir jamoaga mentorlar biriktiriladi. Jamoalar loyiha tanlashadi hamda uni yaratishni boshlaydi. Jamoalar “Biznes farishtalar” uchun loyihalar taqdimotini tayyorlaydilar. Loyihaning marketing ishlari, tijoratlashtirish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiradi.

🗓 Oʻtkaziladigan sana: 2020-yil 17-30-sentyabr

⏳ Vaqt: 09:00-18:00, Dushanba-Juma.

📋 Marafon tili: oʻzbek, rus

💰 Ushbu marafonda ishtirok etish — BEPUL

📍 Marafonga roʻyxatdan oʻtish.

‼️ ESLATMA!!! Marafonni tashkil etishdan maqsad yoshlar oʻrtasida startap loyihalar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish hamda marafon yakunlariga koʻra maʼqul boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsiya ajratish boʻlib, sertifikatlar berilishi koʻzda tutilmagan.
_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh