Olmazor tumanini ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi

📣 2020-yil 18-sentyabr Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Olmazor tumanini ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar va tayyor ishlanmalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🔸Innovatsion rivojlanish vazirligi va Olmazor tumani hokimiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon To’ychiyev va Olmazor tumani hokimi birinchi o’rinbosari Jahongir Isroilov so’zga chiqib yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, innovatsion jarayonlar va Innovatsion rivojlanish vazirligining faoliyati hamda Olmazor tumanining innovatsion-investitsion salohiyati to’g’risida nutq so’zladilar.

➡️ Mazkur tadbirdan asosiy maqsad Olmazor tumanining ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini oshirish hamda tumanga innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni tatbiq etishdan iborat.

🔸 Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari, Yoshlar akademiyasi aʼzolari, Olmazor tumanida joylashgan OTMlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlari hamda boshqa tashabbuskor ixtirochilar o’z loyiha va ishlanmalari bilan taqdimot o’tkazdilar.

➡️ Mazkur tadbirda fan, taʼlim, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi, davlat va jamiyat qurilishi, arxitektura va qurilish, energetika, sanoat, moliya-iqtisod, texnologiyalar transferi yo’nalishlari bo’yicha taqdimotlar o’tkazildi.

❗️Tadbirda taqdimotlar natijalariga qarab, eng yaxshi loyiha va ishlanmalar tanlab olinadi va ularni Olmazor tumaniga joriy etilishi taʼminlanadi.
_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh

Telegram  | Facebook  | Instagram  | YouTube