🗣 Yoshlar akademiyasi a’zolari IYRC-2020 xalqaro robototexnika musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

🗣 IYRC-2020 xalqaro robototexnika musobaqasida Yoshlar akademiyasi a’zolari “Chiqindilarni saralash” loyihasi bilan oltin medalni qo’lga kiritdi.

🚀 IYRC (International Youth Robot Competition) xalqaro robototexnika musobaqasi bo’lib, 2014 yildan beri 28 mamlakatdan yosh muhandislar va sportchilarni birlashtirdi.

♨️ Joriy yil IYRC 2020 xalqaro musobaqasi Rossiyada o’tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo pandemiya sababli IYRA bolalar va o’smirlar robototexnika xalqaro assotsiatsiyasi tanlovni onlayn tarzda tashkil etishga qaror qildi.

🏆 IYRC musobaqasida O’zbekiston jamoasi, Yoshlar akademiyasining yosh a’zolari “Chiqindilarni saralash” loyihasi bilan oltin medalni qo’lga kiritdi.

💡 Loyiha murabbiyi:
Anatoliy Dushakov, Toshkent shahrining Olmazor tumani, “Barkamol avlod bolalar maktablari” markazi robototexnika, aerodinamika va mexatronika guruhi rahbari.

💡 Loyiha ishtirokchilari:
Ro’zimahammadov Amirbek, Budnikov Vladimir, Pak Aleksandr, Turdimatov Amir, Ismoilov Amir, Islomova Sitora.
_______________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o’z hissangni qo’sh

Telegram  | Facebook | Instagram  | YouTube