Joriy yilning 16 iyul kuni “TexnoBus” taʼlim platformasining Olmazor tumani yoshlari bilan online konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi jamoasi tomonidan Toshkent shahri Olmazor tumanidagi iqtidorli hamda tashabbuskor yoshlari uchun “TexnoBus” taʼlim platformasining online mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur online uchrashuvda ishtirokchilar “TexnoBus” innovatsion taʼlim platformasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi hamda quyidagi sohalar boʻyicha ma’lumotlar berildi:
– robototexnika va elektronika;
– 3D prototiplashtirish;
– muqobil energiya manbalari;
– dasturlash;
– VR/AR va boshqa interaktiv yoʻnalishlar
Konferensiya so’ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi hamda yaqin kelajakda bunday mahorat darslari yana tashkil qilinishi to’g’risida takliflar bildirildi.