“O’ZTRANSGAZ” AJ DA FAOLIYAT YURITAYOTGAN YOSH OLIMLARNI YOSHLAR AKADEMIYASI FAOLIYATI BILAN TANISHTIRUV UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

“O’ztransgaz” AJ da faoliyat yuritayotgan yosh olimlarni Yoshlar akademiyasi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida 2020-yil 11-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari Olimjon To’ychiyev hamda Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i Firdavs Nematzoda va boshqarma mutaxassislari shuningdek “O’ztransgaz” AJ boshqaruv raisi Ulug’bek Sayidov, jamiyat boshqarma va bo’lim boshliqlari va yoshlar ittifoqi a’zolari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuv davomida akademiya tashkil etilishidan maqsad, asosiy vazifalari, faoliyat yo’nalishlari hamda imtiyozli tomonlari haqida ma’lumot berildi.
Tadbirda “O’ztransgaz” AJ tizimida mavjud muammolarni shakllantirib Yoshlar Akademiyasi a’zolari bilan birgalikda ularni hal etish, xalqaro akademiyalar bilan aloqa o’rnatgan holda a’zolarni chet elga malaka oshirishga yuborish, iqtidorli yoshlar uchun birgalikda seminar-treninglar, forumlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.