14Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi “Start-up” loyihasi tanlovini e’lon qiladi
Tanlovda qatnashish uchun ARIZA ni yuklab oling.
Yuklab olgan ARIZAngizni to’ldirgan holda quyidagi manzil orqali ro’yxatdan o’ting!
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilish 58-sonli bayonining 32-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash asosida 2020 yil uchun eng yaxshi 20 ta “Start-up” loyihalari tanlovini e’lon qiladi.
Ushbu tanlovda 40 yoshgacha boʻlgan olimlar va talabalar hamda tashabbuskor yoshlar faqat bitta loyiha bilan ishtirok etishlari mumkin.
Taqdim etilgan loyihalar www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasi orqali 2020 yil 1 iyun soat 18-00 ga qadar elektron roʻyxatdan oʻtishi shart. Elektron roʻyxatdan oʻtmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan ushbu tanlov loyihalarini baholashda texnik ta’minlash va koʻmaklashish amalga oshiriladi.
Tanlov shartlari va topshiriladigan hujjat shakllari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:
www.yoshlarakademiyasi.uz
Qoʻshimcha ma’lumot uchun:
Tel.: 71 203-32-23, 97 796-44-44, 93 509-36-36, 97 775-73-13
Rasmiy sayt: www.yoshlarakademiyasi.uz
Telegram: @yoshlarakademiyasi
Facebook: Yoshlar akademiyasi