Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 30 avgustdagi PQ-4433-son qaroriga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi. 

Yoshlar akademiyasi 4 ta platformalar jamoalariga a'zolikka qabul qiladi va a'zolarini yangi istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha rivojlangan davlatlar darajasida yetuk mutaxassislar bo'lishlarida amaliy yordam ko'rsatadi. Zamonaviy ilm-fan sohasida dunyoning nufuzli ilmiy muassasalarida maqsadli va tizimli malaka oshirishlari hamda ta'lim olishlarini, ilmiy laboratoriyalar yoki filiallarini tashkil qilish orqali mamlakatda ilmiy maktablarni kuchaytirishga xizmat qiladi.  

 

 

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi to`g`risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi (keyingi o`rinlarda Yoshlar akademiyasi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq
va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2.Yoshlar akademiyasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

3.Yoshlar akademiyasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi o`rinlarda Vazirlik deb ataladi) hisobot beradi va bo`ysunadi.

4.Yoshlar akademiyasi o`z faoliyatini davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

5.Yoshlar akademiyasi yuridik shaxs maqomisiz bo`lgan jamoat tashkiloti hisoblanadi, Yoshlar akademiyasi belgisining tasviri tushirilgan va o`z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga ega bo`ladi.

6.Yoshlar akademiyasi rasmiy nomi:

davlat tilida – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi;

rus tilida – Академия молодежи при Министерстве инновационного развития Республики Узбекистан;

ingliz tilida – Youth academy under the Ministry of Innovative Development of the Republic of Uzbekistan.

7. Yoshlar akademiyasiga o`zlarining innovatsion loyihalari va g`oyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshdan oshmagan olimlar
va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Yoshlar akademiyasi jamoa a’zolari Yoshlar akademiyasi a’zolari hisoblanadi.

2-bob. Asosiy tushuncha va atamalar

8. Vasiylik kengashi – Yoshlar akademiyasi vazifalari va muammolarini hal etishga jamoatchilikni jalb etish, byudjetdan tashqari mablag`larni jalb etishda ularga ko`maklashish, pulli xizmatlar ko`rsatilishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan jamoatchilik-maslahat organi.

Startap loyihalar – bu qonun bilan taqiqlanmagan turli yo`nalishlardagi biznes bo`lib, bozorga avval foydalanilmagan uslubda tovarlar yoki xizmatlar taqdim etishni ifodalaydi.

Innovatsion loyihalar – amalga oshirish muddati, infratuzilmasi, ijrochilari, moliyalashtirish manbasi va ob’ektiga ega innovatsiyani yaratish va ishlab chiqarishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar yig`indisi.

Akselerator – faoliyati startap kompaniyalarga  yordam berish, biznes jarayonlarini tezlashtirish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy institut. Akseleratorlar kompaniya biznes-modelini ishlab chiqishga, zarur kontaktlarga ega bo`lishga va savdosini oshirishga yordam beradigan dasturni taklif qiladi.

Sid-faunding (Seed-founding) – yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish
va ishlanmalarga dastlabki kichik moliyaviy ko`mak berish hamda mikro moliyalashtirish tizimi.

Biznes-inkubatorlar – kichik va o`rta biznesni yuritish malakalarini oshirish, tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan shug`ullanadigan ixtisoslashgan muassasa.

3-bob. Yoshlar akademiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari

9. Quyidagilar Yoshlar akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

turli hududlardan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan, umumta’lim maktablaridan, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlardan iqtidorli yoshlarni izlash, ularning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni o`sib-ulg`ayishiga va biror soha egasiga aylanishiga ko`maklashash;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarning ijodiy, intellektual
va tadbirkorlik salohiyatini oshirish;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash;

ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

yosh olimlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo`lgan ilg`or texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish;

ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo`naltirish;

yoshlarning startap-loyihalarini xo`jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarni izchil rivojlantirish bo`yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo`lgan mahsulotlar
va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo`naltirish;

iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga ko`maklashish;

ilm-fan sohasida o`z o`rnini topib borayotgan, kelajakda mamlakat ilm-fani nufuziga o`z xissasini qo`sha oladigan bo`lajak akademiklar jamoalarini shakllantirib borish;

xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o`rnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yo`nalishlar bo`yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar o`tkazish.

10. Yoshlar akademiyasi o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ijodiy, intellektual
va tadbirkorlik salohiyatini oshirish sohasida:

vazirlik ko`magida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o`rnatadi, ularda faoliyat olib borayotgan yoshlarni innovatsion loyihalari hamda ilm-fan sohasi va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo`yicha bergan taklif va tavsiyalarini o`rganish asosida iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni Yoshlar akademiyasi a’zoligiga jalb etadi;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatda qatnashayotgan yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashadi;

iqtidorli yoshlarni ilmiy-axborot resurslaridan foydalanish uchun zarur shart-sharoit yaratish bo`yicha amaliy choralarni ko`radi;

yangi, istiqbolli yo`nalishlar (sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, farmatsevtika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash)ni rivojlantirish maqsadida sohaning yetakchi olimlari va malakali mutaxassislari ishtirokida yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishga ko`maklashadi;

b) iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo`yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash sohasida:

iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo`yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish bo`yicha onlayn platformani (keyingi o`rinlarda elektron baza deb ataladi) yuritadi;

yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorlikda elektron bazani muntazam yangilab boradi;

Yoshlar akademiyasi a’zolarining takliflari asosida elektron bazani
va uning yuritilishini takomillashtirib boradi;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning g`oyalari va startap loyihalarini elektron baza orqali qabul qilinishi va ko`rib chiqilishini ta’minlaydi;

d) ilmiy tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish sohasida:

ilmiy tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash choralarini ko`radi, ularni oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning laboratoriya bazasidan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratadi;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlari uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishga ko`maklashadi, olim va mutaxassislar ishtirokida loyihalarni rasmiylashtirish, biznes rejalarni tayyorlash bo`yicha treninglar o`tkazadi;

ilmiy tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni yetakchi olimlarga biriktirish va ilmiy maktablarning mustahkam bazasini shakllantirish asosida yangi avlod yosh olimlarini tayyorlashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshiradi;

e) yosh olimlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo`lgan ilg`or texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish sohasida:

vazirlik ko`magida iqtidorli yoshlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini o`rganishga jalb etadi, iqtisodiyot tarmoqlarida ilg`or texnologiyalarga bo`lgan ehtiyojlarni aniqlash bo`yicha tizimli ishlarni olib boradi;

Yoshlar akademiyasi a’zolari tarkibidan tashqi bozorlarni o`rganish bo`yicha ishchi guruhlarni tuzadi va yuqori texnologik mahsulotlar eksportini rivojlantirish bo`yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ilmiy ishlanmalarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida iqtidorli va tashabbuskor yoshlarga patentlash, ilmiy ishlanmalarni baholash va sertifikatlashtirishda amaliy yordam ko`rsatadi;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan ilg`or texnologik ishlanmalar asosida tajriba namunalarini yaratish va tayyor mahsulot bosqichiga olib chiqish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

f) ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo`naltirish sohasida:

ilmiy ishlanmalarni sinovdan o`tkazish va tijoratlashtirishga tayyorlash maqsadida ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etadi va ularga iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni keng jalb qiladi;

yoshlarda tadbirkorlik faoliyati ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar, xususan, trening va mahorat darslarini tashkil etish va o`tkazish, ularning o`quv markazlarida malaka oshirishlari va zarur bilimlarni egallashlari uchun tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;

tashabbuskor yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rag`batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovlarni o`tkazadi va boshqa tashkilotlar tomonidan o`tkazilgan bunday tanlovlarda g`olib bo`lgan Yoshlar akademiyasi a’zolarini rag`batlantirishga ko`maklashadi;

g) yoshlarning startap-loyihalarini xo`jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarni izchil rivojlantirish bo`yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo`lgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo`naltirish sohasida:

xo`jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar muammolarini o`rganish bo`yicha sayyor tashriflarni tashkil etishni tashkillashtiradi;

korxonalarda mavjud muammolar muhokamasi yuzasidan davra suhbatlarini o`tkazishda va yechimi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda amaliy yordam ko`rsatadi;

tijoratlashtirish darajasi yuqori bo`lgan raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo`naltirilgan startap loyihalar shakllantirishni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

h) iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga ko`maklashish sohasida:

xorijiy ilmiy markazlar, universitetlar, texnoparklar va ishlab chiqarish korxonalari bilan doimiy hamkorlikni amalga oshiradi va shu asosda iqtidorli yoshlarni maqsadli hamda tizimli stajirovka va qisqa muddatli o`qishlarini tashkil etadi;

ilmiy tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni xorijiy ilmiy markazlarning laboratoriya bazasidan foydalanishlari uchun hamkorlikni rivojlantiradi, ularning zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalanishni o`rganishlari uchun zarur choralarni ko`radi;

iqtidorlik yoshlarni xorijiy yetakchi universitetlarda tahsil olishlariga ko`maklashadi;

xorijiy texnoparklarning ilg`or tajribalarini o`rganish maqsadida tajriba almashish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tashabbuskor yoshlarga xorijiy yetakchi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini o`rganishlariga imkoniyat yaratadi;

i) xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o`rnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yo`nalishlar bo`yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar o`tkazish sohasida:

xalqaro darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o`rnatadi va iqtidorli yoshlarning ilmiy ishlanmalarini aprobatsiya qilish maqsadida ilmiy-innovatsion yo`nalishlar bo`yicha konferensiya, forum, seminar va tanlovlar o`tkazadi;

buyurtma asosida nufuzli ilmiy markazlardan yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, trening va seminarlar o`tkazadi;

mahalliy tashkilot, universitet va ilmiy markazlardan olim va mutaxassislarning, Yoshlar akademiyasi barcha a’zolarining hamda iqtidorli yoshlarning ilmiy nashrlarini chop etish, ilmiy ma’ruzalarini tayyorlash va namoyish etishga tayyorlashda hamkorlik qilishga jalb etadi.

4-bob. Yoshlar akademiyasining a’zoliliga qabul qilish

11. Yoshlar akademiyasi a’zoligiga saralash bosqichi maxsus tashkil etilgan Yoshlar akademiyasi kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Kengash o`z faoliyatini ushbu Nizom, shuningdek, “O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi kengashi to`g`risida nizom” va “O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi platformalariga iqtidorli va tashabbuskor yoshlardan iborat jamoalarni saralash bochqichini o`tkazish to`g`risida nizom” kabi normativ-huquqiy aktlarga asoslangan holda amalga oshiradi.

12. Yoshlar akademiyasiga o`zlarining innovatsion loyihalari va g`oyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshdan oshmagan olimlar va novatorlardan tashkil topgan jamoalarni saralash asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi qarorlari, Innovatsion rivojlanish vazirining qarorlari asosida va boshqa holatlarda Yoshlar akademiyasiga yakka tartibda faxriy a’zolikka qabul qilinishi mumkin.

13. Yoshlar akademiyasi jamoalari quyidagi platformalar bo`yicha shakllantiriladi:

“G`oyalar generatorlari” – Yoshlar akademiyasining asosiy yo`nalishlariga tegishli bo`lgan ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan innovatsion g`oyaga ega jamoalar platformasi;

“Startaplar” – o`z g`oyasi bo`lgan va ushbu g`oyani amalga oshirishga qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish bo`yicha aniq rejaga ega jamoalar platformasi;

“Biznes vakillari” – faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qo`llagan va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega bo`lgan jamoalar platformasi;

“Bo`lajak akademiklar” – yuqorida qayd etilgan platformalarda faol ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qo`shayotgan yuqori va ilmiy salohiyatga ega yosh olimlar platformasi.

4. Alohida platforma jamoasida a’zolikni saqlab qolish yoki boshqa platforma jamoasiga kirish ushbu platforma jamoasi a’zoligi uchun belgilangan talablarni bajargan taqdirda ruxsat beriladi.

5. Alohida platforma jamoasiga a’zo bo`lish uchun Yoshlar akademiyasining a’zoligiga talabgor (keyingi o`rinlarda talabgor deb ataladi) shakllantirilgan elektron baza ro`yxatidan o`tadi.

6. Elektron baza Yoshlar akademiyasining rasmiy veb sahifasida yuritiladi.

7. Elektron bazadan ro`yxatdan o`tish talabgorlar tomonidan o`rnatilgan tartibda elektron arizani to`ldirish va talabgorning shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron bazaga kiritish asosida amalga oshiriladi.

8. Talabgor kiritgan ma’lumotlar tizim administratori tomonidan tasdiqlangach, talabgor elektron bazadan ro`yxatdan o`tgan hisoblanadi.

Talabgorlar elektron bazaga kiritilgan talabgorlarning shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlovchi hujjatlar haqiqiyligiga mas’ul hisoblanadilar.

5-bob. Yoshlar akademiyasi a’zoligidan chiqarish tartibi

19. Yoshlar akademiyasi a’zosi maqomidan mahrum qilishga Yoshlar akademiyasi Kengashi qaroriga, shu jumladan, akademiya a’zosi tomonidan muayyan platformaga a’zolik bo`yicha tuzilgan shartnomada belgilangan shartlar
va talablar bajarilmagan taqdirda Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi xulosasiga ko`ra, shuningdek ixtiyoriy tarzda yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

6-bob. Yoshlar akademiyasida platformalar bo`yicha
jamoalarni shakllantirish

20. Yoshlar akademiyasi a’zolari o`z tashabbuslari, innovatsion g`oyalari
va loyihalarini Yoshlar akademiyasining platformalari orqali amalga oshiradi.

21. Yoshlar akademiyasi platformalariga ro`yxatga olingan g`oya (yoki loyihalar) muallifi bo`lgan talabgorlar jamoasi mos platforma a’zoligiga qabul qilinadi.

Yoshlar akademiyasi platformalarida g`oyalar va startap-loyihalari elektron baza orqali 22.doimiy ravishda g`oya va loyiha tashabbuskorlari tomonidan mustaqil ravishda kiritiladi.

23. G`oyalar va startap-loyihalarni tayyorlash va ko`rib chiqish alohida platformalar bo`yicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

24. “Bo`lajak akademiklar” platformasi bo`yicha ilmiy loyihalarni taqdim etish fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish bo`yicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

25. Yoshlar akademiyasi platformalariga a’zolik muddatlari taklif etilgan loyihani amalga oshirish muddatiga bog`liq bo`lib, loyihani ishlab chiqarishga joriy etish bilan yakunlanadi.

26. G`oya va startap-loyihalari ma’qullangan tashabbuskorlar tegishli platforma jamoalarining a’zolari sifatida tasdiqlanadi.

27. Yoshlar akademiyasining a’zolari bir vaqtning o`zida bir nechta platforma jamoalariga a’zo bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi.

28. Yoshlar akademiyasi a’zolari muayan platforma jamoalarining a’zoligidan boshqa platforma jamoalarining a’zoligi quyidagi hollarda o`tishlari mumkin:

muayyan platforma doirasida amalga oshirayotgan g`oyasini yoki loyihasini yakunlagach;

muayyan platforma jamoalariga a’zolik muddati tugaganida;

a’zo bo`lib turgan platformada amalga oshiriyotgan g`oyasi yoki loyihasi bo`lmaganida va boshqa platformaga oid g`oya yoki loyihasi ro`yxatga olingan taqdirda.

7-bob. Yoshlar akademiyasi a’zolarining huquqlari va majburiyatlari

29. Yoshlar akademiyasi a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

amaliy, innovatsion va startap-loyihalarni ishlab chiqish, ularning natijalari asosida tayyorlangan innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish;

amaliy, innovatsion va startap-loyihalarni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar–kelajagimiz” Davlat dasturi to`g`risida” 2018 yil
27 iyundagi PF–5466-son Farmoni asosida ajratilgan mablag`lar hisobidan o`rnatilgan tartibda amalga oshirish;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo`yicha “El-yurt umidi” jamg`armasining xorijiy tashkilotlarda malaka oshirish va stajirovkalar bo`yicha dasturlarida ishtirok etish;

davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan yosh olimlar ilmiy-texnik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi (keyingi o`rinlarda Vasiylik kengashi deb ataladi) qarori bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishda vazirlik huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilg`or texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparkining binolari, laboratoriyalaridan bepul asosda foydalanish hamda ularda tashkil etilgan akseleratorlar va kovorking-markazlari doirasida o`z loyihalarini amalga oshirish;

O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va ta’sis hujjatlarini tayyorlash, sug`urta, buxgalteriya, hisobot berish,
biznes-sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan bog`liq xizmatlarini tashkil etish bo`yicha muntazam o`tkaziladigan mahorat darslarida qatnashish;

Yoshlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va o`rnatilgan tartibda taqdim etish;

mahalliy va xalqaro ilmiy-ommabop nashriyotlarda maqolalar nashr qilish.

Yoshlar akademiyasi a’zolari o`zlari faoliyat olib borayotgan istiqbolli yo`nalishlar bo`yicha tanlovda Yoshlar Akademiyasi nomidan qatnashish huquqiga egadirlar.

Yoshlar akademiyasi a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

30. Yoshlar akademiyasi a’zolari:

ushbu Nizomda belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy rioya etishga;

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi (keyingi o`rinlarda – Jamg`arma) mablag`lari hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar bo`yicha o`z vaqtida hisobot topshirishga;

O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilg`or texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparkining binolari va laboratoriyalaridan foydalanishda ashyolarga ziyon yetkazmaslikka majburlar.

8-bob. Yoshlar akademiyasining boshqaruvi va tuzilmasi

31. Yoshlar akademiyasiga rahbarlik O`zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari zimmasiga yuklatiladi.

32. Yoshlar akademiyasi rahbari:

Yoshlar akademiyasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Yoshlar akademiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Yoshlar akademiyasiga a’zolarni tanlab olish jarayonini boshqaradi;

Yoshlar akademiyasining yillik va istiqboldagi ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun Vasiylik kengashiga kiritadi va bajarilishi monitoringi ta’minlaydi;

Yoshlar akademiyasi kengashi yig`ilishlarida raislik qiladi;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarida va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o`tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Yoshlar akademiyasi nomidan vakillik qiladi;

Yoshlar akademiyasining faoliyati yuzasidan Vasiylik kengashiga hisobot beradi.

33. Yoshlar akademiyasining ishchi guruhi O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziriligining Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi o`rinlarda Boshqarma deb ataladi) hisoblanadi.

34. Ishchi guruh:

Yoshlar akademiyasi yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Yoshlar akademiyasiga a’zolarni tanlab olish jarayonini tashkillashtiradi;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo`yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

Vasiylik kengashi va Yoshlar akademiyasi kengashi yig`ilishlariga zarur materiallarni o`z vaqtida tayyorlaydi;

Vasiylik kengashi va Yoshlar akademiyasi kengashi yig`ilish bayonlarini rasmiylashtiradi va kengashlarning a’zolariga tasdiqlangan bayonlarning yetkazilishini ta’minlaydi;

Yoshlar akademiyasi a’zolarining malakasini oshirish va ularni xorijiy stajirovkalarga yuborish bo`yicha buyurtmalar shakllantiradi;

davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan yosh olimlar ilmiy-texnik loyihalari monitoringida ishtirok etadi va yosh olimlar ilmiy-texnik loyihalari Yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan amalga oshirilishini ta’minlaydi.

35. Yoshlar akademiyasi Vasiylik kengashi va Yoshlar akademiyasi kengashi yig`ilishlarida Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig`i kotiblik qiladi

9-bob. Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi

36. Vasiylik kengashi tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Vasiylik kengashi a’zolari o`z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

37. Vasiylik kengashi majlisi unda Vasiylik kengashi a’zolarining kamida yarmidan ko`p qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

38. Vasiylik kengashining qarori ishtirok etuvchi a’zolarning oddiy ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Vasiylik kengashi raisi tomonidan imzolanadi.

Ovozlar teng bo`lgan taqdirda Vasiylik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

39. Vasiylik kengashi majlislari Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi Vasiylik kengashi majlislarida ko`rib chiqish uchun masalalarni tayyorlash, majlislarni o`tkazish va qarorlarni rasmiylashtirish to`g`risidagi Reglamentga muvofiq o`tkaziladi.

40. Vasiylik kengashi:

  1. Yoshlar akademiyasining ish rejalari va chora-tadbirlar dasturlarini ko`rib chiqadi va tasdiqlaydi;

    har yili Jamg`armaning daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlarini, shuningdek, Jamg`armaga tushgan va sarflangan mablag`lar bo`yicha hisobotni tasdiqlaydi;

    Jamg`armaga xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik hayriyalarini jalb qilishda ko`maklashadi;

    Jamg`arma daromadlarini to`liq shakllantirish hamda mablag`laridan maqsadli foydalanish yuzasidan Jamg`arma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

    Yoshlar akademiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ko`rib chiqadi, tasdiqlaydi va belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha qaror qabul qiladi;

    Yoshlar akademiyasi oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida manfaatdor davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarini jalb qiladi.

    10-bob. Yakunlovchi qoidalar

41. Yoshlar akademiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo`lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar