Yangiliklar

Yosh olimlar Orolni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga befarq emas

O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutiga yosh olimlari tomonidan yaratilgan o‘simliklarni o‘stiruvchi va rivojlantiruvchi biologik stimulyatorlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, xozirgi kunda uni qishloq xo‘jaligiga tadbiq etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Institut yosh olimlari Innovasion rivojlanish vaziri o‘rinbosari O.To‘ychiev bilan bo‘lgan uchrashuvda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida ekologik muhitni barqarorlashtirish hamda tabiiy muvozanatni tiklash maqsadida “Yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari barpo etish va Mo‘ynoq shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganligi hususida so‘z yuritildi.
Umumiy va noorganik kimyo instituti yosh olimi Davron Isabaev Orolbo‘yi hududida barpo qilinayotgan o‘rmonzorlarda ekilgan saksovul ko‘chatlarini samarali o‘stirish maqsadida stimulyatorlarni 500 gektar maydonga o‘z hisobidan yetkazib berish tashabbusi bilan chiqdi.
Vazir o‘rinbosari O.To‘ychiev yosh olim D.Isabaevning ushbu tashabbusini amalga oshirishda “Yoshlar akademiyasi” tomoni
dan qo‘llab-quvvatlanishini hamda ko‘maklashishini ma'lum qildi.