Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligidan yangi imkoniyat!

 

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusidan biri bo‘lgan 3-tashabbusi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish, yoshlarimizning dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlov e'lon qiladi.

Tanlov 3 guruh (4-7, 8-10, 11-13 yosh) bolalari o‘rtasida bo‘lib, yoshga qarab tanlov topshiriqlari beriladi hamda har bir guruh bo‘yicha 2 nafardan g‘oliblar saralab olinadi.

 

 

Tanlov shartlari:

4-7 yosh

“Mening birinchi dasturim” mavzusida videolavha

1 daqiqalik (hajmi 100 mb)dan oshmagan videolavha tayyorlab, uni @innovator_video Telegram guruhiga joylashtiring.

8-10 yosh

“Men novatorman” mavzusida (70-90 so‘z)dan oshmagan insho yozib, uni @innovator_insho Telegram guruhiga joylashtiring.

11-14 yosh

“Mening innovatsion g‘oyam” mavzusida insho

(100-130 so‘z)dan oshmagan insho yozib, uni @innovator_insho Telegram guruhiga joylashtiring.

Tanlov shartlari bo‘yicha videolavha va insholarni yuqorida ko‘rsatilgan telegram guruhlarga joriy yilning 10 fevralidan 21 martiga qadar belgilangan tartibda yuborish talab etiladi.

Tanlov g‘oliblari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining g‘oyalar generatori platformasi a'zoligiga nomzod bo‘lib hisoblanadilar. Bu esa o‘z navbatida yoshlarga g‘oyalarini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, g‘oliblar “JuniorCode” (bolalar uchun dasturlash) kurslarida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

ANKETA