Yangiliklar

Toshkent Davlat Agrar Universitetida uchrashuv bo’lib o’tdi.

2020 yil 13 yanvar kuni Toshkent Davlat Agrar Universitetida innovatsion rivojlanish vazirining o'rinbosarining , hamda  "Yoshlar akademiyasi" rahbari Olimjon To'ychiev bilan qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qiziqqan iqtidorli yoshlar, olimlar va fan doktorlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv norasmiy sharoitda, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar va issiqxonalar taqdimoti ko'rinishida boshlandi, unda universitetda tahsil olayotgan talabalar ishlarining natijalari namoyish etildi.

So'ngra, vazir o'rinbosari O. To'ychiev bilan universitet vakillari, olimlar va talabalari o’rtasida suhbat boshlandi. Suhbat davomida vazirning o'rinbosari yig'ilganlarga "Yoshlar akademiyasi" ning asosiy faoliyati, shuningdek uning asoslari va ushbu tashkilot amalga oshiradigan asosiy vazifalari haqida gapirib berdi. Shuningdek, agrosanoatni rivojlantirish bilan bog'liq ko'plab masalalar muhokama qilindi, iqtidorli yoshlarning barcha takliflari tinglandi.Uchrashuv yakunida bunday uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazishga qaror qilindi. O'z navbatida, O. To'ychiev Agrar universiteti talabalari orasida “Yoshlar akademiyasi” safiga qo'shiladigan guruh tuzishni taklif qildi.