Yangiliklar

Navoiy kon-metallurgiya kombinati faol yoshlari va yetakchilari bilan uchrashuv

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasiga keng jamoatchilikni jalb etish, Respublikada faoliyat yuritayotgan yosh olimlarni akademiya faoliyati bilan tanishtirish hamda iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida 2020 yilning 30 yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i Firdavs Nematzoda, Fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Norov Asror, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktrori o'rinbosari Sobirxonov Akbarxon va Ilg'or texnologiyalar markazi ilmiy hodimi Muzaffar Muminov Navoiy kon-metallurgiya kombinati faol yoshlari va yetakchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Yoshlar akademiyasining asosiy faoliyati, tashkil etishlishdan maqsadi hamda akademiya oldida turgan asosiy vazifalar boʼyicha maʼlumot berildi. Shuningdek, vazirlik tomonidan eʼlon qilib boriladigan ilmiy-texnik loyihalar tanlovlarida ishtirok etish va loyihalarni topshirish tartibi, startaplar, CAT SCIENCE akseleratori, Ilmiy amaliy-markaz laborotoriyalar toʼgʼrisida soʼz yuritildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati faol yoshlari va yetakchilari tomonidan sohani rivojlantirishga yoʼnaltirilgan amaliy, innovatsion loyihalarni rivojlantirish boʼyicha berilgan savollarga toʼliq javob berildi hamda kelgusida akademiyada ilmiy faoliyatni rivojlantirish xususida ishlar belgilab olindi.