Yangiliklar

Innovatsion g'oyalar yetakchisi

 Innovatsion rivojlanish vazirligi “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonining 2020 yil uchun tanlovini e’lon qiladi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 2 oktabrdagi 786-son qarori bilan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Mazkur tanlovda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan talabalar, yosh olimlar hamda tashabbuskor fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  1. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzod arizasi (Ariza shakli);
  2. Arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  3. Nomzod to‘g‘risida ma’lumotnoma (Ma’lumotnoma shakli);
  4. Nomzodning loyihasi to‘g‘risida ma’lumot (Hujjat shakli);
  5. Loyihaning ma’lum bir muammoni yechimiga qaratilganligi xaqida taqdimot (prezentatsiya (power point) .ppt, .pptx formatida, 10 ta slayddan oshmasligi lozim);
  6. Loyihaning hududga va tarmoq sohasiga foydaliligi bo‘yicha tegishli davlat va nodavlat notijorat takshikoltari yoki tadbirkorlik sub’ektlaridan tavsiyanoma;*
  7. Loyiha haqida qisqacha videorolik (1 daqiqadan oshmagan, .avi yoki .mp4 formatida);**
  8. Loyiha bo‘ycha olingan patent to‘g‘risida ma’lumotnoma, sertifikatlar, maqtov yorliqlar va h.k. (agar mavjud bo‘lsa);**
  9. Loyiha prototipi (agar mavjud bo‘lsa).** 

Izoh: *Taqdim etiladigan hujjatlar elektron ko‘rinishda taqdim etiladi.

** Tavsiyanoma davlat va nodavlat notijorat takshikoltari, tadbirkorlik sub’ektlarining rasmiy blankasida rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.

** Taqdim etish ixtiyoriy, ammo tavsiya etiladi va qo‘shimcha ball beriladi. Taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlar loyiha doirasida bo‘lishi shart. Loyihaga oid bo‘lmagan ma’lumotlar ko‘rib chiqilmaydi.

 

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni:

- talabalar va yosh olimlar o‘zlari faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim maussasalarida tashkil etilgan komissiyalarga joriy yilning 30 may kuniga qadar taqdim etishlari kerak.

- tashabbuskor fuqarolar o‘zlari yashayotgan tuman (shahar) hokimliklarida tashkil etilgan komissiyalarga joriy yilning 30 may kuniga qadar taqdim etishlari kerak.

G‘olib bo‘lgan nomzodlarga ko‘krak nishonlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladigan innovatsion g‘oyalar haftaligi “InnoWeek – 2020” doirasida topshiriladi.

Innovatsion g‘oyalar yetakchisi maqomiga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!!!

 

        Rasmiy sayt: www.yoshlarakademiyasi.uz
        Telegram: @yoshlarakademiyasi
        Facebook: Yoshlar akademiyasi