Yangiliklar

Yoshlar Akademiyasining ishchi jamoasi Rossiya Federatsiyasining eng yirik Skolkovo nomli texnoparkiga tashrif buyurishd

Yoshlar Akademiyasini jamoatchilik orasida keng targ’ib qilish maqsadida Yoshlar Akademiyasining ishchi jamoasi Rossiya Federatsiyasining eng yirik Skolkovo nomli texnoparkiga tashrif buyurishdi. 5 kunlik tashrif mobaynida Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari bo'yicha o'zaro hamkorlik rivojlanish instituti rahbari, Krim Respublikasi Tarmoqli rivojlanish markazi rahbari, Krim Respiblikasi iqtisodiyot vaziri o'rinbosari, Krim Respublikasi Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash fondi rahbari hamda "Boeing Avia Service" qo'shimcha kasb ta'limi xususiy o'quv muassasasi aviatsion o'quv markazi hodimlari bilan davra suhbatlari va seminar-treninglarda ishtirok etishdi. Yoshlar akademiyasining tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rnatish, mamlakat ilm-fani rivojiga hissa qo‘shish yo‘lida faoliyat olib borayotgan yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, dunyo hamjamiyati darajasiga olib chiqish maqsadida ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirish kabi muhim masalalar o‘zaro muhokama qilindi.

 

https://t.me/youth_academy_uz